Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurildi. Endi 150 o‘rinli shifoxona quriladi

Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurildi. Endi 150 o‘rinli shifoxona quriladi

Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi) barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.

Bu yerdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta’minlangan.

Endigi asosiy e’tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan.

—Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. Hozirda 270 nafar muhandis va quruvchi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada ish tashkil etilgan. Maqsad tez kunlarda ushbu ob’yektni ham foydalanishga topshirishdan iborat, — deydi qurilish ishlarini olib borayotgan «Sifat kafolat standart servis» qurilish korxonasi rahbari Ahmadjon Mamadaliyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring