Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pfizer vaksinasini sinovdan o‘tkazgan olti kishi vafot etdi

Pfizer vaksinasini sinovdan o‘tkazgan olti kishi vafot etdi

Foto: pexels.com

AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining hisobotiga ko‘ra, AQSh Germaniyaning «BioNTech» kompaniyasi yordamida ishlab chiqarayotgan Pfizer vaksinasini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng oltita o‘lim holati qayd etildi.

Vafot etganlarning ikkitasiga haqiqiy preparat, qolganlariga platsebo yuborilgan. Ularning barchasida surunkali kasalliklari va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan. Ustiga-ustak, ularning yarmi 55 yoshdan oshgan edi.

Emlanganlarning birida ateroskleroz va semizlik qayd etilgan. U preparatning birinchi qismi yuborilgandan so‘ng uch kun o‘tib hayotdan ko‘z yumgan. Yana bir ko‘ngilli ukolning ikkinchi qismi yuborilgandan so‘ng 60 kun o‘tgach yurak xurujiga duchor bo‘lgan. U uch kundan keyin olamdan o‘tgan.

Platsebo guruhidan ikki bemor infarkt va insultdan vafot etdi, yana ikki kishining o‘lim sabablari o‘rganilmoqda. Hisobotda ta’kidlanganidek, vaksina birinchi dozadan keyin himoyani kafolatlaydi. Bu preparatning xavfsiz va samarali ekanligini bildiradi.

Sinovlarda jami 16 yoshdan oshgan 38 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

FDA avvalroq Pfizer va BioNTech vaksinalarining samaradorligini tasdiqlagandi. Hujjatlarda preparat yetarli darajada xavfsiz ekanligi va undan shoshilinch foydalanishda hech qanday to‘siq yo‘qligi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring