Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagonda koronavirusni aniqlash uchun teri osti mikrochipi ixtiro qilindi

Pentagonda koronavirusni aniqlash uchun teri osti mikrochipi ixtiro qilindi

Pentagon olimlari tomonidan inson tanasida SARS-Cov-2 koronavirusini aniqlash uchun maxsus mikrochip ishlab chiqildi. Qurilma kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan oldin patogenni taniy olish xususiyatiga ega. Bu haqda Nation News xabar qildi.

Teri ostiga joylashtirilgan harbiy kafedraning maxfiy bo‘limi mutaxassislari ishlab chiqishgan. «Yallig‘lanishni oldini olish uchun chip to‘qimalarga o‘xshash jel bilan o‘ralgan. Sensor doimiy qon tekshiruvini o‘tkazib boradi va tanadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beradi. Koronavirus borligi to‘g‘risida ma’lumotni SARS-Cov-2 tanaga kirgandan uch-besh minut o‘tgach olish mumkin», deydi olimlar.

Odamlar mikrochip yordamida kuzatuvda bo‘lishi yoki uning joylashgan joyini aniqlash mumkinligidan qo‘rqishini olimlar asossiz gap-so‘zlar deya atashgan. Ularning fikriga ko‘ra, mikrochip kasallikni aniqlash vaqtini qisqartirishga yordam beradi, bu esa davolanish samaradorligini oshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring