O‘zbekistonda pnevmoniyaga chalinish ko‘paymoqda. Nima qilmoq kerak?
![O‘zbekistonda pnevmoniyaga chalinish ko‘paymoqda. Nima qilmoq kerak?](https://static.xabaruz.com/crop/6/0/720_460_95_604131171.jpg)
Bugungi kunda koronavirus bilan birga pnevmoniyaga chalinish holatlari ham ko‘paymoqda, deb eshitmoqdamiz. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
— Afsuski bugungi kunda shifokorlarimiz koronavirus bilan bir qatorda boshqa turdagi virus va bakteriyalar chaqirgan pnevmoniya kasalligi bilan ham kurashishga to‘g‘ri kelmoqda. 5 iyun kunidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda bir kunda 172 kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, kecha bu ko‘rsatkich 195 nafarga yetdi.
To‘g‘ri, bu kasallik xuddi koronavirusga o‘xshab shamollash alomatlaridan boshlanadi, lekin uning kechuvi va organizmdagi o‘zgarishlarida tafovutlar bor.
Pnevmoniya belgilari, asosan, konditsionerlardan me’yoridan ortiq foydalanish, yaxlatilgan ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish oqibatida kelib chiqmoqda.
Shu bilan birga, anomal issiq kunlari insonda qon quyulishi holatlarini ko‘paytiradi, bu esa o‘z o‘rnida yurak-qon tomir kasalliklarini ko‘payishini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan birga, issiq kunlarda inson organizmida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklardan ham o‘zingizni himoya qilishingizni so‘raymiz. Bunda, doimiy ravishda haddan ortiq sovuq bo‘lmagan suyuqliklarni ichib turish kerak, to‘g‘ri ovqatlanish, ya’ni ovqat ratsionida meva va sabzavotlarni ko‘paytirish, yengil hazm bo‘luvchi ovqatlarni iste’mol qilish, kunning quyosh tik turgan vaqtlarida tashqarida yurishdan saqlanish, spirtli ichimliklar ichishni cheklash hamda konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter