«Omikron» va vabo tashuvchilari o‘rtasida bog‘liqlik bor — olimlar
Koronavirusning «omikron» shtammi vabo tashuvchi kemiruvchi jonivorlar organizmiga kira oladi. Ushbu jiddiy mutatsion siljish haqida «bioRxiv» saytida chiqqan maqolada so‘z boradi.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, koronavirus inson hujayrasi membranasidagi ACE2 retseptorlari bilan bog‘lanish uchun tikanak-oqsillardan foydalanadi va shu tariqa o‘zi uchun hujayraga yo‘l ochadi. Boshqa organik birikmalardan farqli ravishda, «omikron» sichqonlar va kalamushlar ACE2 retseptorlariga ham bog‘lana olgan.
Antik davrlarda iqlim o‘zgarishlari sababli Mo‘g‘uliston va Xitoy dashtlarida yashovchi kemiruvchilarning G‘arbga migratsiyasi kuzatilgan, Yevropa va Yaqin Sharqqa vabo tayoqchalari shu tarzda kirib kelgan, deyishmoqda olimlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter