«Omikron» Turkiyadagi yangi holatlarning 10 foizini tashkil qilmoqda
Turkiyaning aholi zich joylashgan viloyatlarida yangi koronavirus holatlarining 10 foizdan ortig‘i «omikron» shtammi bilan bog‘liq, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja.
«Yevropa ortidan bizning mamlakatimizda ham «omikron» varianti keng tarqala boshladi. Bu aholi zich joylashgan viloyatlarimizda aniqlangan yangi holatlarning 10 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qilyapti. Ushbu vaziyat vaksinaning buster dozasi ahamiyatini oshiradi. Emlanganiga uch oydan ko‘proq vaqt o‘tganlar o‘rtasida qo‘shimcha emlashni kuchaytirish kerak» , deb yozdi Koja tvitterda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti noyabr oyi oxiridagi favqulodda yig‘ilishdan so‘ng, Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi variantini «tashvishga soladigan» deb tasniflashga qaror qilgandi. U bir oy ichida 100dan ziyod mamlakatlarda tarqalishga ulgurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter