Niderlandiyada COVID-19ga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng 15 nafar keksa kishi vafot etdi
Niderlandiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng kamida 15 nafar keksa kishi olamdan o‘tdi, deya xabar berdi «NL Times» nashri «Lareb» mahalliy farmatsevtika xavfini tadqiq qilish markazi bayonotiga asoslanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning hammasi vaksinatsiyadan oldin sog‘lig‘ida jiddiy muammolari bo‘lgan. Ularning ikkitasi 70 yoshdan oshgan, qolganlari 85 yosh va undan katta bo‘lgan. O‘lim holati vaksinatsiyadan so‘ng 1-9 kun orasida qayd etilgan.
«Ularning qariyb yarmida vaksinatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda isitma, ko‘ngil aynish va umumiy lohaslik kabi nojo‘ya ta’sirlar deb identifikatsiya qilingan alomatlar paydo bo‘lgan. Ushbu shikoyatlar o‘z-o‘zidan o‘limga sabab bo‘lmagan. Biroq shusiz ham sog‘lig‘i zaiflashib ketgan keksalarning ahvolini battar yomonlashtirib yuborgan bo‘lishi mumkin», — deya nashr «Lareb» bayonotini e’lon qildi.
Taxminan 25 nafari «Pfizer» vaksinasiga qarshi kuchli allergik reaksiyalarni boshdan kechirgan, ulardan sakkiztasida anafilaktik shok qayd etilgan. Ba’zi hollarda allergik reaksiya in’yeksiyadan bir necha soat o‘tgach rivojlangan.
Niderlandiyada vaksinatsiya 6-yanvarda boshlandi. Dastlab birinchi partiyasi dekabr oyining oxirida mamlakatga keltirilgan «Pfizer» va «BioNTech» kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasini qariyalar uylari va nogironlar uylari ishchilari, shuningdek, bevosita COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda ishtirok etadigan shifoxonalar va tez yordam mashinalari xodimlari qabul qilishdi. Niderlandiya Amerikaning «Moderna» kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.
Niderlandiyada jami 570 mingdan ortiq odam emlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter