Mane koronavirusga qarshi kurash uchun vataniga £41 ming xayriya qildi
Angliyaning «Liverpul» futbol jamoasi hujumchisi Sadio Mane Senegalda koronavirusga qarshi kurash uchun 41 ming funt sterling xayriya qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Mane o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali, shuningdek, Senegal aholisini koronavirus pandemiyasiga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Ayni vaqtda Mane alohida shug‘ullanmoqda. Chunki «Liverpul» koronavirus tufayli klub bazasini yopgan. Angliya chempionatida mavsum to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter