Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi

Mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasida koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha maxsus komissiyaning 6-maydagi yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilning 8-may kunidan boshlab, Respublika hududida karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatib borish belgilangandi.

Shu asosda Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida, 15 may sanasidan boshlab mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.

Shundan kelib chiqib, «O‘zbekiston pochtasi» AJ jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring