Koronavirusning o‘ta yuqumli shtammi yana bir davlatda aniqlandi
Germaniyada koronavirusning yangi shtammi – «Omikron» bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda siyosatchi Kay Kloze ma’lum qildi.
«Kecha tunda Janubiy Afrikadan qaytgan sayyohda omikronga xos bir nechta mutatsiyalar borligi aniqlandi. Shubhalar juda jiddiy, bemor allaqachon izolyasiyaga jo‘natilgan», – deb yozdi siyosatchi tvitterda.
Janubiy Afrikada ilk bor qayd etilgan bu shtamm qisqa vaqtda bir qancha davlatlarga tarqalishga ulgurdi.
Avvalroq JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atagandi.
«Omikron» o‘ta yuqumli va juda tez tarqalayotgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter