Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan saqlanish usuli ma’lum qilindi

Koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan saqlanish usuli ma’lum qilindi

Foto: «Reuters»

AQShning yetakchi infeksionistlaridan biri, Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchining aytishicha, koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan saqlanish yo‘llari bor. U bu haqda «The Washington Post»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning fikriga ko‘ra, kuzda infeksiyaning qayta tarqalishini muqarrar deb bo‘lmaydi. Agar muayyan ehtiyot choralariga amal qilinsa, bunday holatning oldini olish mumkin. Odamlar to‘planadigan joyga bormaslik va niqob taqish, shular jumlasidan.

Fauchining so‘zlariga ko‘ra, hatto, ba’zi shtatlarda kasallanishlar soni ko‘paygan bo‘lsa ham, AQShda infeksiyaning ikkinchi to‘lqini boshlandi, deyishga hali erta. Shu munosabat bilan infeksionist himoya choralariga rioya qilmaydigan kimsalarni keskin tanqid qildi. U amerikaliklarni barcha xavf-xatarlarni hisobga olishga hamda barcha talablarga amal qilishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring