Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni yuqtirib olgan uchuvchi bir oy karantinda bo‘lsa ham, tuzalmadi

Koronavirusni yuqtirib olgan uchuvchi bir oy karantinda bo‘lsa ham, tuzalmadi

Foto: «Facebook»

«Qantas» aviakompaniyasi uchuvchisi, avstraliyalik 53 yoshli Maykl Kryu koronavirusni yuqtirib olgach, bir oy karantinda bo‘lishiga qaramay, baribir tuzalmadi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Maykl Londondan Pertga qaytib kelgach test topshirgan. Afsuski, natija musbat chiqqan. Dastlab bosh og‘rig‘i va yo‘tal boshlangan, keyinchalik tana harorati 39 darajagacha ko‘tarilib ketgan.

Uchuvchi koronavirusni Londonda yuqtirib olganiga shubhasi yo‘q. Uning aytishicha, parvozdan oldin oziq-ovqat do‘koniga kirgan.

«Menga xizmat ko‘rsatgan mittigina ayol sotib olgan mahsulotlarimga qarab yo‘taldi. O‘sha vaqtda hammasini tashlab yuborish xayolimdan o‘tgandi», — deydi avstraliyalik.

Tahlil natijalarini olgach Maykl uyida o‘zini izolyasiya qilgan. Biroq bir oydan so‘ng koronavirusga topshirgan tahlil natijasi yana musbat chiqqan. Bundan u shokka tushib qolgan.

Avstraliyalikning so‘zlariga ko‘ra, kasallik uning sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazgan, organizmi uchun chinakam sinov bo‘lgan.

«Haqiqatan ham yordam beradigan tibbiy vositalar yo‘q deb o‘ylayman. Hammasi organizmingizga bog‘liq», — deb tan olgan uchuvchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring