Koronavirusdan qo‘rqadigan amerikaliklarga ishsizlik nafaqasi beriladimi?
Koronavirus pandemiyasi davrida sog‘ligidan xavotirlanib ishga chiqishdan bosh tortadigan AQSh fuqarolariga ishsizlik nafaqasi to‘lanmaydi, deya xabar berdi «Reuters» bir qator amaldor va ekspertlar bayonotiga tayanib.
Mamlakat aholisi bu muammoga shu haftadayoq duch kelishi mumkin. Negaki bir qancha shtatlardagi rasmiylar karantin cheklovlari tufayli falajlanib qolgan iqtisodiyotni tiklash choralarini boshlab yuborishgan. Mana, masalan, Jorjiya shtati gubernatori ko‘rsatmasiga binoan, sartaroshxonalar, manikyur va tatu salonlari 1-mayda ochiladi, 4-mayda esa restoranlar mehmonlarni qabul qila boshlaydi.
Shtatlarning qonunchiligiga ko‘ra, agar odam o‘z ixtiyori bilan ishlashdan bosh tortsa, ishsizlik nafaqasini olishi taqiqlanadi, dedi Emori universiteti professori Tomas Smit.
«Odamlardan o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishni so‘ramayabmiz. Bu odamlar reynjerlar hisoblanmaydi. Harbiylar hayotini xavf ostiga qo‘yadi, sartaroshlar emas», — deb qo‘shib qo‘ygan u.
O‘z navbatida sog‘liqni saqlash idoralari vakillari mahalliy biznesni yo‘lga qo‘yish ko‘plab odamlarni qo‘shimcha xavf-xatarga duchor qilishini ma’lum qildi.
So‘nggi bir oy davomida qariyb 22 milliondan ortiq amerikalik ishsizlik nafaqasini so‘rab ariza topshirgan. Yana millionlab odamlar ishidan ayrilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter