Koronavirus: Yaponiya o‘z rekordini yangiladi
Chorshanba kuni Yaponiyada 750 ta COVID-19 holati qayd etildi. Bu bir kunda aniqlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich sanaladi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich joriy yil aprel oyidagi rekordni ham dog‘da qoldirdi. O‘shanda Yaponiyada taxminan bir yarim oy davom etgan favqulodda holat tartibi joriy etilgandi.
Hozirda mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 27,8 mingdan oshdi. Fevral oyida Yokogama portida ikki haftalik karantinni o‘tagan «Diamond Princess» kruiz laynerining 700 nafar ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari ham shular jumlasidan.
Tokioda aniqlangan COVID-19 holatlari soni virus tarqalgandan beri 10 ming kishidan oshdi. Birgina chorshanba kuni Yaponiya poytaxtida test natijalariga ko‘ra yana 237 ta infeksiya tashuvchisi qayd etildi.
Mana ikki haftadirki Tokioda har kuni o‘tkazilayotgan test natijalariga ko‘ra virusni yuqtirgan yuzlab kishilar aniqlanmoqda.
Shunga qaramay, Yaponiyada ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Go To Travel» kampaniyasi boshlangan. Yaponiya poytaxtiga kelsak, koronavirus tarqalgani bois bu dasturdan chetlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter