Koronavirus tufayli yana bir kasallik avj olishi mumkin
37 mamlakatda 117 million nafar bola qizamiqqa qarshi emlanmagani uchun dunyoda bu kasallik keng miqyosda tarqalib ketishi mumkin. Xabarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashayotgani hamda ijtimoiy masofa saqlash qoidasi joriy etilgani bois tibbiyot xodimlari vaksinatsiyani amalga oshirishga qiynalib qolishadi, deb yozadi «The Sun» nashri.
Shifokorlar COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolash bilan band bo‘lgani uchun dunyoning 24 ta mamlakatida qizamiqqa qarshi vaksinatsiya sanasi allaqachon boshqa kunga qoldirildi. Boshqa davlatlarning ham shunday yo‘l tutishi kutilmoqda.
«Vaksinatsiya sanasini qoldirish-qoldirmaslik — COVID-19 tarqalgan vaziyatda qiyin masala; biz mamlakatlar yetakchilarini emlanmagan bolalarni nazorat qilish chora-tadbirlarini kuchaytirishga chaqiramiz. Qizamiqdan yaxshi himoyalanmagan davlatlar vaksinatsiyani tezroq amalga oshirishi zarur», — deyiladi YuNISEF va JSSTning «Measles & Rubella Initiative» qizamiqqa qarshi kurashuvchi hamkorlikdagi loyihasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter