Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi — «Bloomberg» tahlili
Jahonda koronavirus pandemiyasi tugashi uchun Yer aholisining 75 foizi vaksinalanishi shart. Emlash kampaniyasi hozirgi taxlitda davom etadigan bo‘lsa, buning uchun 7 yil ketadi, deyishmoqda «Bloomberg» ekspertlari.
Yuqoridagi ekspertlarga ko‘ra, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari maqsadga eng yaqin turibdi — bu mamlakatlarda aholining aksariyat qismini yana ikki oy ichida vaksinalashga ulgurishadi. Keyingi o‘rinda — AQSh: garchi emlash jarayoni shtatdan shtatga farqlansa-da, umuman olganda, mamlakat bo‘ylab aholining asosiy qismini shu yil ichida vaksinalashga ulgurishadi.
Aholisining 75 foizini vaksina bilan emlash (hozirgi sur’at saqlanib tursa):
- Italiyada — 2,5 yil;
- Germaniyada — 3,1 yil;
- Fransiyada — 3,8 yil;
- Xitoyda — 5,5 yil;
- Kanada, Rossiya, Hindistonda — 10 yilgacha cho‘zilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter