Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ko‘paydi

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ko‘paydi

2020-yil 11-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, 11-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 729 nafarga yetgani xabar qilingandi. O‘tgan vaqt davomida yana 38 kishida kasallik aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 42 nafar bemor sog‘aygan, 3 nafari esa vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring