Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronavirus darakchisi»: virusning yana bir simptomi aniqlandi

«Koronavirus darakchisi»: virusning yana bir simptomi aniqlandi

Foto: «Interfax»

Ispaniyalik olimlar koronavirusga xos yangi simptomni qayd etishdi. Tadqiqot-maqola «JAMA Dermatology» jurnalida yoritilgan.

Yangi simptom oldingilaridan mutlaqo farq qiladi — koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarning salmoqli qismi og‘iz bo‘shlig‘ida juda ko‘p toshmalar toshgan.

Maqolada yozilishicha, koronavirusga  uchragan 21 nafar bemor Madrid universitetining Ramon y Cajal shifoxonasida tekshirilgan. Kasallikni yuqtirganlarning terisida toshmalar paydo bo‘lgandi. Bemorlarning 29 foizida esa og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida entanemalar — kuchli toshmalar qayd etilgan.

Tadqiqot o‘tkazilgan bemorlar — 40 yoshdan 69 yoshgacha. Yangi simptom asosan ayollarda kuzatilgan, og‘iz bo‘shlig‘idagi toshmalar koronavirusning boshqa alomatlaridan taxminan ikki kundan ilgari paydo bo‘lgani aytilmoqda.

Kovid bemorlari orasida bu simptom qanchalik keng tarqagani olimlarga ma’lum emas. Ilmiy ish muallifi Xuan Ximenes Kou pandemiya sharoitida xavfsizlik texnikasi talablari juda qattiqligi bois bemorlarning og‘iz bo‘shliqlarini o‘rganishning har doim ham imkoni bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring