Kelasi haftadan O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda quyidagilarni ma’lum qildi:
«Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik.
Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo‘ladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo‘lishi lozim.
Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter