Kasallik yana avj olishi mumkinmi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi.
— Koronavirus qayd etilishida pasayish tendensiyasini uchta jihat bilan baholash mumkin:
- koronavirusdan sog‘ayganlar soni kundan kunga ortib borayotgani;
- koronavirusga qarshi vaksinalarning dastlabki dozalarini olganlar va to‘liq emlanganlar soni ortgani;
- koronavirus kasalligi oxirgi avj olgan davrida immun tizimi nochor bo‘lgan aholi qatlami kasallikni yuqtirib ulgurdi va aholi orasida immunitet darajasi birmuncha yuqorilargina kasallikka chalinmay qoldilar.
Endi immun tizimi kuchsiz bo‘la turib kasallanmay qolganlar hisobidan kasallik qayd etilishi yana ko‘tarilishi mumkin.
Jamoaviy immunitetni shakllantirmay turib (kasallanib yoki emlanib) epidemik vaziyatning barqarorligiga erishib bo‘lmaydi. Kasallanganlik yoki kasallanmaganlikdan qat’iy nazar epidemik ko‘rsatmaga asosan koronavirusga qarshi emlanish shart, — deydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter