Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: so‘nggi bir haftada koronavirusdan o‘lim holati 11 foizga oshdi

JSST: so‘nggi bir haftada koronavirusdan o‘lim holati 11 foizga oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining haftalik hisobotida ta’kidlanishicha, so‘nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus infeksiyasidan o‘lim holati 11 foizga oshgan. 

Bundan tashqari, JSST hisobotiga ko‘ra, dunyoda ketma-ket oltinchi haftada koronavirus infeksiyasining yangi holatlari qayd etilgan. So‘nggi bir hafta ichida 4 milliondan ortiq yangi holatlar ro‘yxatga olingan.

«O‘limlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 11 foizga oshdi, 71 mingdan ortiq yangi o‘lim qayd etildi», - deya qayd etadi tashkilot.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning eng katta o‘sish holatlari Janubi-Sharqiy Osiyoda, ayniqsa Hindistonda, shuningdek Tinch okeanining g‘arbiy mintaqasida kuzatilgan.

Shu bilan birga, Afrikadan tashqari barcha mintaqalar o‘lim sonining ko‘payganligi haqida xabar berishgan. Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘lim holati keskin darajada o‘sgan, bu yerda o‘sish 46 foizni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring