Italiya sport musobaqalari to‘xtatilishi ortidan kelib chiqqan zararni hisoblab chiqdi

Koronavirus tarqalgani bois milliy sport musobaqalarining to‘xtatilishi tufayli Italiya 60 milliard yevro (yoki mamlakat YaIM 3,8%) zarar ko‘rishi mumkin, deya xabar berdi «Sportando».
Koronavirus pandemiyasi tufayli Italiya hududidagi barcha musobaqalar to‘xtatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqalarning to‘xtatilishi ularning o‘tkazilishi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan taxminan 14 million kishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Xabarlarga ko‘ra, Italiyada 175925 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 23227 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter