Hindistonda galdagi antirekord qayd etildi

Hindistonda koronavirusni yuqtirganlar soni jadallik bilan o‘smoqda. O‘tgan bir kecha-kunduzda 82,8 mingta yangi holat qayd etildi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozadi «Argumenti.ru».
Mamlakatda jami kasallanganlar soni 3,8 million kishidan oshdi. Har kuni infeksiya tufayli bir necha ming kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Ular asosan keksa yoshdagi yoki surunkali kasalliklardan qiynalayotgan bemorlardir.
Ekspertlar Hindistonda aksariyat aholining turmush darajasini pastligini hisobga olib kasallanishlar soni yanada ko‘payishini taxmin qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter