Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston koronavirusga qarshi kurashayotganlar sharafiga o‘zgacha tadbir tayyorlamoqda

Hindiston koronavirusga qarshi kurashayotganlar sharafiga o‘zgacha tadbir tayyorlamoqda

Foto: «Obozrevatel.com»

Hindiston harbiy havo kuchlari vertolyotlari Dehlida halok bo‘lgan politsiyachilar yodgorligi hamda koronavirusga qarshi kurashayotgan 12 ta shifoxona uzra atirgul gulbarglarini sochib chiqdi, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vazirligi.

Shuningdek, «koronavirusga qarshi jang qiluvchilar» sharafiga Hindiston poytaxti uzra uchta Lockheed C-130 harbiy-transport samolyoti, sal keyinroq esa uchta Su-30 MKI, MiG-29, Jaguar qiruvchi samolyotlari uchib o‘tishgan.

Kechqurun aksiyaga Hindiston harbiy-dengiz floti qo‘shiladi — mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da Mumbay langar tashlab to‘xtaydigan joyda 5 ta kema yangi kasallikka qarshi kurashayotganlar sharafiga chiroqlarini yoqib, signal raketalarini otadi va sirenalarini ishga tushiradi. Shuningdek, kemalarda «Hindiston koronavirusga qarshi kurashayotganlardan minnatdor» yozuvi tushirilgan plakatlar paydo bo‘ladi.

Aksiyada Hindiston qirg‘oqlarini qo‘riqlash bo‘linmalari ham ishtirok etadi — 25 ta hududda, jumladan, olisda joylashgan Andaman va Nikobar orollaridagi ko‘plab kemalar ham chiroqlarini yoqishadi, vertolyotlar esa koronavirusga qarshi kurashayotgan shifoxonalar uzra atirgul gulbarglarini sochishda davom etadi.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 39,9 ming kishiga yetgan, 1,3 ming kishi vafot etgan, 10,6 ming kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring