Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hind shtammining oddiy koronavirusdan farqli va xavfli tomonlari aniqlandi

Hind shtammining oddiy koronavirusdan farqli va xavfli tomonlari aniqlandi

Olimlar delta deb nomlangan koronavirusning hind shtammining boshqa turlarga yuqumli ekanligini va gangrenaga olib kelishini aniqladilar. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Yangi mutatsiya odatda koronavirus yuqtirgan bemorlarda uchramaydigan alomatlarni keltirib chiqaradi: eshitish muammolari, ovqat hazm qilish organlarining og‘ir kasalliklari va gangrenaga olib keladigan tromboz.

Hozir delta turi Buyuk Britaniya va Shotlandiya bo‘ylab tarqalgan, kasalxonaga yotqizilganlar soni ko‘paymoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropada Hindistonda topilgan koronavirus variantining tarqalishini bashorat qilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aynan Hindiston shtammi eng katta tashvish tug‘diradi, chunki u «asl» koronavirusga qaraganda yuqumli va immunitetga ega odamlar uchun ham xavfli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring