Gruziya bosh vazirida koronavirus aniqlandi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqdi. U o‘zini izolyasiyaga olgan. Bu haqda 6 aprel kuni hukumat rahbari «Facebook»dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Giybashvilining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va masofadan turib ishlashda davom etmoqda.
Shu bilan birga, 24-fevral kuni bosh vazir koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Gruziyada joriy etilgan aksariyat cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida ma’lum qildi.
18-mart kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Britaniya-Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasiga qarashli koronavirusga qarshi preparati bilan emlangani e’lon qilindi.
Gruziya hukumatining stopcov.ge saytida keltirilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 284 958 kishida COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, pandemiya paytida 3832 bemor hayotdan ko‘z yumdi, 275 220 kishi tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter