Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gonkongda koronavirus yuqtirgan it jon berdi

Gonkongda koronavirus yuqtirgan it jon berdi

Foto: «RIA Novosti»

Gonkongda koronavirus qayd etilgan it davolanib, uyiga qaytarilgach jon berdi, deb xabar berdi «South China Morning Post» gazetasi.

Fevral oyi oxirida Gonkongda yangi koronavirusni yuqtirgan it karantinga joylangani ma’lum bo‘ldi. COVID-19 test natijalariga ko‘ra, jonivor tanasida infeksiya topilgan, lekin kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Gonkonglik ekspertlar o‘zaro maslahatlashgach, itda COVID-19 aniqlanishi virusning odamdan jonivorga yuqish holati degan xulosaga kelishdi. JSST bu holatning o‘rganilishini, lekin hozircha kasallikning odamdan jonivorga yuqishini tasdiqlovchi dalillar yo‘qligini ma’qul qildi.

Xabarlarga ko‘ra, 17 yoshli pomeran shpitsi 26-fevral kuni majburiy karantinga joylangan, o‘tgan shanba kuni esa uni uyiga qaytarishgan. Karantinda bo‘lgan davrida itdan besh marta koronavirusga sinama olishgan, oxirgi ikkitasi manfiy chiqqan.

«Departament (qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va tabiatni muhofaza qilish) it egasidan jonivor 16-mart kuni jon berganini xabar topdi. Egasi o‘lim sababini aniqlash uchun itni yorib ko‘rishlarini xohlamasligini aytgan», — deydi departament vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring