Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yevrovideniye-2020» o‘tkazilishi lozim bo‘lgan arena tibbiyot markaziga aylantiriladi

«Yevrovideniye-2020» o‘tkazilishi lozim bo‘lgan arena tibbiyot markaziga aylantiriladi

Foto: «ESCplus»

Rotterdam (Niderlandiya)dagi «Ahoy» arenasida keyingi oyda «Yevrovideniye-2020» xalqaro qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazilishi kerak edi. Biroq hozir hammayoqda koronavirus, pandemiya og‘ir kechayotgan Niderlandiyada bemorlarni yotqizishga joy qolmayapti, shuning uchun ham ushbu arena vaqtincha 680 o‘rinli tibbiyot markaziga aylantiriladi, deb xabar berdi «Unian.

20-aprelda ochiladigan bu tibbiyot markazida koronavirusning  yengil turi bilan og‘riganlar va boshqa kasallar davolanadi.

Niderlandiyada koronavirus ilk marta aniqlangan 27-fevraldan beri infeksiyani yuqtirganlar soni keskin oshib ketdi: hozirda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 28 ming nafardan oshdi, shulardan 3,1 ming nafari vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring