«Yevrovideniye-2020» o‘tkazilishi lozim bo‘lgan arena tibbiyot markaziga aylantiriladi
Rotterdam (Niderlandiya)dagi «Ahoy» arenasida keyingi oyda «Yevrovideniye-2020» xalqaro qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazilishi kerak edi. Biroq hozir hammayoqda koronavirus, pandemiya og‘ir kechayotgan Niderlandiyada bemorlarni yotqizishga joy qolmayapti, shuning uchun ham ushbu arena vaqtincha 680 o‘rinli tibbiyot markaziga aylantiriladi, deb xabar berdi «Unian.
20-aprelda ochiladigan bu tibbiyot markazida koronavirusning yengil turi bilan og‘riganlar va boshqa kasallar davolanadi.
Niderlandiyada koronavirus ilk marta aniqlangan 27-fevraldan beri infeksiyani yuqtirganlar soni keskin oshib ketdi: hozirda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 28 ming nafardan oshdi, shulardan 3,1 ming nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter