Eng yaxshi himoya — hujum: Koronavirusni o‘ldiruvchi himoya vositasi kashf etildi
Isroillik olimlar koronavirusni yuqori harorat yordamida o‘ldiradigan yuz niqobini kashf etishdi, deya xabar berdi «Reuters» agentligi.
Texnion universiteti tadqiqot guruhi rahbari, professor Yair Eyn-Elining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni o‘ldirish uchun atigi yarim soat kifoya qiladi.
Niqobning USB-porti quvvat manbaiga, masalan, smartfon quvvatlantirgichiga ulanadi. So‘ngra niqob Selsiy bo‘yicha 70 darajagacha qizdiriladi: bu koronavirusni halok qilish uchun yetarli bo‘ladi. Faqat dezinfeksiyalashdan oldin himoya vositasini yechib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Niqob prototipi klapanli respiratorga o‘xshaydi. U rezina tasma yordamida yuzga taqiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish muhokama qilinmoqda. Ixtirochilarning aytishicha, uskunaning narxi oddiy niqoblarga qaraganda atigi 1 dollar qimmatroq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter