Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Toshkent viloyatida ko‘chma markazlar o‘z faoliyatini boshlaydi

Endi Toshkent viloyatida ko‘chma markazlar o‘z faoliyatini boshlaydi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, eksperement tarzda Zangiota tumanidagi bozorlar, aholi gavjum joylarda sanitariya-gigiyeniya qoidalariga amal qilgan holda COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan emlash ishlari olib boriladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi. 

Bu tadbir barcha tuman-shaharlarda tegishli tartibda davom ettiriladi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda kasallanganlar soni 20 ming 229 nafarga yetgan bo‘lib, hozirda muolaja ishlari olib borilyapti. Kasalxonalarda davolanayotganlar soni 349 tani tashkil qilmoqda. Jumladan, 29 iyun kuni 61 fuqaroda «COVID-19» infeksiyasi aniqlangan.

Hudud aholisi shu vaqtgacha 47 ming 149 doza «AstraZeneca», 233 ming 224 doza «ZF-UZ-VAC2001» va 11 ming 234 doza «SPUTNIK-V» vaksinalari bilan emlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring