«Deltakron» shtammi Yevropada paydo bo‘lgani rasman ma’lum qilindi
JSST rahbari Tedros Gebreyesusga ko‘ra, dunyoda COVID-19 pandemiyasi boshlangani rasman e’lon qilinganidan beri 6 milliondan ortiq odam ushbu infeksiyadan vafot etdi.
Uning ta’kidlashicha, hozir dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Chunki buning uchun u yer yuzining barcha nuqtalarida birdek yakunlanishi kerak.
Keyingi paytlarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan ko‘plab mamlakatlarda kasallanish va o‘lim darajasi o‘sishda davom etmoqda. Shuningdek, avval mavjudligi JSST tomonidan shubha ostiga olib kelingan «deltakron» shtammi Yevropada paydo bo‘lgani rasman ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘zbek muttaxassislari infeksiyani yengishning o‘ziga xos usullari haqida bosh qotirishmoqda. Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidordan vaksina sifatida foydalanish ustida ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter