Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya hukumati AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechdi

Daniya hukumati AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechdi

Daniya Ingliz-Shved AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan koronavirusga qarshi emlashni butunlay bekor qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib RBK xabar berdi.

«Biz ilmiy xulosalarga asoslanib, vaksinani ishlatish bilan bog‘liq jiddiy yon ta’sirlarning haqiqiy xavfi mavjud degan fikrga keldik. Shuning uchun biz uni emlash dasturimizdan chiqarib tashlashga qaror qildik», — deydi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Seren Brostrem.

Daniya hukumati Yevropa Dori-darmon agentligi bergan (YeMA) preparatning foydasi potensial xavfdan ko‘proqdir, degan fikriga qo‘shiladi. Shu bilan birga, bo‘lim milliy darajadagi emlash kampaniyasi paytida Yevropa regulyatorining har bir mamlakatda vaziyatni alohida hisobga olishga da’vatini eslatib o‘tadi.

Shunday qilib, Daniya barcha aholi guruhlari uchun AstraZeneca vaksinasini qo‘llashni taqiqlagan birinchi Yevropa mamlakati bo‘ldi.

Daniya hukumati ushbu preparatni 11-mart kuni to‘xtatib qo‘ygan edi. Bunga emlash oqibatida qon buzilishi va bir necha o‘lim holatlari sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng mamlakatda bo‘ylab emlash kampaniyasida Pfizer/BioNTech va Moderna vaksinalari ishlatila boshlangan.

Bundan tashqari, Avstriya, Lyuksemburg, Norvegiya, Italiya, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar AstraZeneca vaksinasidan vaqtincha voz kechganliklarini e’lon qilishdi.

YeMA AstraZeneca bilan emlash va qon buzilishi xavfi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini aytgandan so‘ng qator davlatlar emlash kompaniyasiga qayta kirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring