COVID-19 va gripp: o‘lim holatlari solishtirildi
Kanadalik olimlar COVID-19 va gripp oqibatlari, xususan, o‘lim holatlarini o‘rganishdi. Tadqiqot natijalari «CMAJ» jurnalida e’lon qilindi.
Ekspertlar 2019-yil 1-noyabridan 2020-yil 30-iyuniga qadar gripp va COVID-19 ga chalinib shifoxonalarga tushgan bemorlarni o‘rganishdi. Tadqiqot aholisi ko‘p va koronavirus infeksiyasi yuqori darajada tarqalgan Toronto va Mississoga shaharlaridagi yettita eng yirik kasalxonani qamrab olgan.
Aniqlanishicha, COVID-19 bemorlari grippga chalinganlarga nisbatan intensiv terapiya bo‘limlariga bir yarim baravar ko‘proq tushishgan va kasalxonada shuncha ko‘p vaqt qolishgan. Kovid-bemorlar orasida o‘lim holatlari 3,5 baravar yuqori.
Tadqiqotchilar taxminiga ko‘ra, ushbu holat mavsumiy grippga nisbatan koronavirusga inson immuniteti kuchsizligi bilan bog‘liq, COVID-19 ga qarshi jamoaviy immunitet shakllanib borishi barobarida o‘rtadagi tafovut ham silliqlashib boradi.
JSST so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusni yuqtirganlar soni 107 million nafardan oshdi. Pandemiya qurbonlari soni 2,36 milliondan ziyod — har 45-bemor hayot bilan vidolashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter