COVID-19 preparati odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda
Yaponiyaning «Sionogi» (Shionogi & Co) kompaniyasi koronavirus tabletkalarini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda «Wall Street Journal» gazetasi.
«Sionogi» ijrochi direktori Isao Teshirogining so‘zlariga ko‘ra, kuniga bir mahal ichish kerak bo‘lgan dorilar nazariy jihatdan virusni besh kun ichida zararsizlantiradi. Preparat proteaz faolligini bosadi: bu ferment yordamida virus odam hujayralari ichida nusxa oladi.
Teshirogining ta’kidlashicha, kompaniya Yaponiyada o‘tkaziladigan sinovlarga 50 dan 100 tagacha sog‘lom odamni jalb qilishni rejalashtirmoqda. «Sionogi» shu yil oxirida platsebo nazorati ostida sinovni boshlashi kutilmoqda.
Nashrning yozishicha, sinovlar keyingi yilga qadar davom etadi.
Sinab ko‘rilayotgan dorilar bemorlarni asoratlardan va shifoxonaga yotishdan saqlay olish-olmasligi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter