Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg: delta shtammini to‘xtatish uchun yangi vaksina talab etilishi mumkin

Bloomberg: delta shtammini to‘xtatish uchun yangi vaksina talab etilishi mumkin

Koronavirusning delta shtammining tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaksinalar kerak bo‘lishi mumkin. Bu haqda ingliz olimlarining izlanishlariga asoslanib Bloomberg nashri ma’lum qilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, infeksiyaga qarshi emlash samaradorligi 49 foizga, simptomlar rivojlanishiga qarshi ta’sir esa 59 foizgacha pastlagan.

Shu munosabat bilan, ular bunday ko‘rsatkichlar COVID-19 delta shtammiga qarshi alohida dori ishlab chiqishga asos bo‘ladi, degan xulosaga kelishgan. Sababi virusning mutatsiyasi mavjud vaksinalarni samarasiz qilib qo‘yadi.

Ushbu tadqiqotda 98 mingga yaqin kishi qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni chog‘da dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 200 milliondan oshdi. Delta shtammi esa butun jahon bo‘ylab tarqalishga ulgurdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring