Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh nega AstraZeneca vaksinasidan foydalanmayapti?

AQSh nega AstraZeneca vaksinasidan foydalanmayapti?

Foto: «Google.com»

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda AstraZeneca kompaniyasi vaksinalarini ishlatishga hojat yo‘qligini ma’lum qildi.

Reuters agentligiga bergan intervyusida Fauchi ushbu vaksina borasida hali ham aniq biror deya olmasligini ta’kidladi.

«Bu hali hal qilinishi kerak. Ammo men bir qator kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlarni hisobga olgan holda bizda AstraZenecaga murojaat qilmasdan barcha ehtiyojlarimizni qondirish uchun yetarli miqdordagi vaksinalar bor, degan umumiy fikrga egaman», — dedi u.

Hozirda AQShda Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson & Johnson kompaniyalarining vaksinalari foydalanish uchun tasdiqlangan.

Bir qator Yevropa Ittifoqi mamlakatlari emlanganlarda tromboembolik asoratlardan so‘ng AstraZeneca preparatiga qarshi emlashni to‘xtatib qo‘yishdi. Yevropa regulyatori hodisalarni tekshirmoqda, uning natijalariga ko‘ra preparatni doimiy ravishda qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring