Amerika Xitoyni yana nimalarda ayblayapti?
Oq uyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoyga qarshi yangi ayblovlar bilan chiqdi. Bu haqda u «Fox News» telekanali efirida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Vashingtonga sifati past va hatto qalbaki test to‘plamlarini yuborgan. Kelgusida AQSh bunday vaziyatga jim qarab turolmaydi.
Iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Xitoyni virus tarqalishi bilan bog‘liq AQSh muammolaridan foydalanayotganda aybladi. U mamlakatni pandemiyani to‘xtatib qolishdagi xatolar bilan bir qatorda buning uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter