«Alisher Usmonovdan bugun yana 5 million dollar kelib tushadi» – Jamshid Qo‘chqorov
Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov va boshqalar ishtirokida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Jamshid Qo‘chqorov o‘z chiqishida mamlakatimizda YaIM 1-chorakda o‘sgani, hatto tahlillarga ko‘ra, yil yakunida inflyasiya darajasida kamayishi kutilayotganini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, bizda pandemiyaga qarshi kurashda muammo yo‘q.
«Bu borada xayriya ishlarida faol qatnashayotgan yurtdoshlarimizni ham alohida ibrat qilish o‘rinli bo‘lardi. Alisher Usmonov 20 million dollar moddiy yordam ko‘rsatdi. U yana 5 million dollar pul hadya qildi. Bugun ushbu summa ham kelib tushadi» – dedi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter