Alisher Usmonov koronavirusga dori topilsa, O‘zbekistonga olib kelishni va’da berdi
Bugun, 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.
Unda davlatimiz rahbari tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar tomonidan «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga katta miqdordagi mablag‘lar o‘tkazilayotganini e’tirof etdi.
«Sinovli kunlarda ko‘p vatandoshlarimiz yordam beryapti. Shu o‘rinda, O‘zbekiston farzandi Alisher Burhonovichga alohida rahmat aytmoqchiman. U 20 million dollar o‘tkazib berdi. Yangi O‘zbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta madad berib, yelkadosh bo‘lmoqda.
Qaysi davlatda koronavirusga qarshi yangi dori topilsa, xalqim uchun o‘zim pulini to‘lab olib kelib beraman, deb aytyapti. Xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Bunday insonlarimiz juda ko‘p. Navoiylik tadbirkor hozir Moskvada ekan, kuni kecha elchixonaga 500 ming dollar naqd pul olib kelib berdi. Xalqimga deb. Mana qanday farzandlarimiz bor», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter