Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov:«Chekka hududdagi aholi odatiy dorilarni zahira qilgani ma’qul»

Nurmat Otabekov:«Chekka hududdagi aholi odatiy dorilarni zahira qilgani ma’qul»

Foto:«Pikabu»

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

Brifingda «Covid-19 sabab, chekka xududlardagi aholi shaharga chiqolmayapti. Dorilar kerakli maxsulotlarning asosiy qismi shaharda bo‘lib, bu aholi uchun bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqarishi aniq. Bu masalaga qanday yechim bor?» -, deya savol berildi. 

Javob: «Albatta ko‘tarilgan masala o‘ta dolzarb, o‘ylaymizki karantin tadbirlari ham juda katta vaqtga cho‘zilmaydi. Gap har kuni qabul qilayotgan dorilaringiz haqida kechayotgan bo‘lsa, uni oldindan zaxira qilib qo‘yish maqsadga muvofiq. O‘ylaymanki, hozir dorixonalarning turi ancha katta, mabodo qaysidir doriga ehtiyoj bo‘lsa, uning tugab qolishini kutmasdan o‘z hududingizdagi dorixonaga tayinlab qo‘ysangiz, u mahsulotining xarid qilinishiga ishonsa, albatta olib kelib beradi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring