Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar-2022. F guruhidan Marokash va Xorvatiya nimchorakka yo‘l oldi

Qatar-2022. F guruhidan Marokash va Xorvatiya nimchorakka yo‘l oldi

Qatardagi jahon chempionatida F guruhida 3-turdan so‘ng pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi turda Marokash Kanadani mag‘lubiyatga uchratdi, Xorvatiya va Belgiya o‘rtasida kechgan kurashda hisob ochilmadi.

JCH-2022. F GURUHI. 3-TUR

Kanada — Marokash — 1:2

Gollar: Hakim Ziyosh (4), Yusuf an-Nasiri (24), Naif Aguerd (40, avtogol).

Kanada: Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Adekugbe (Kone, 61), Osorio (Lareyya, 66), Key (Xatchinson, 60), Devis, Xoylett (Uozerspun, 76), Larin (Devid, 60), Byukenen.

Marokash: Bunu, Hakimi (Jabran, 85), Saiss, Agerd, Mazraui, Amrabat, Sobiri (Amalla, 65), Unai (Al-Yamiq, 77), Ziyosh (Amdalla, 76), Bufal (Abuhlal, 65), An-Nasiri.

Ogohlantirishlar: Xoylett (7), Osorio (27), Adekugbe (45), Vitoriya (84).

Xorvatiya — Belgiya — 0:0

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Kovachich, Brozovich, Perishich, Kramarich (Pashalich, 64), Livaya (Petkovich, 64).

Belgiya: Kurtua, Mene (Azar, 87), Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Dendonker (Tilemans, 72), Vitsel, De Bryuyne, Karrasko (Doku, 72), Mertens (Lukaku, 46), Trossard (Azar, 59).

Ogohlantirish: Dendonker (66).

Guruhda biron marta mag‘lubiyatga uchramagan Marokash 7 ochko bilan peshqadam sifatida nimchorakka chiqdi. Ikkinchi yo‘llanmani xorvatlar qo‘lga kiritishdi. Belgiya mundial bilan xayrlashdi. Kanadani 2026-yilgi mundialda mezbon sifatida ko‘ramiz. 

Yakuniy jadval

Marokash va Xorvatiyaning nimchorak finaldagi raqiblari bugun tunda (soat 00:00 da boshlanadi) E guruhidagi o‘yinlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi:

  • Yaponiya — Ispaniya
  • Kosta-Rika — Germaniya
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring