Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Messi Argentinaga qimmatli ochkolarni keltirdi

JCh-2022. Messi Argentinaga qimmatli ochkolarni keltirdi

Jahon chempionatining C guruhida Argentina Meksikaga qarshi bahs olib bordi.

Bahsga qadar argentinaliklar guruhda so‘nggi o‘rinda borayotgan edi. Agar bu bahsda ham ochko yo‘qotilsa, juda og‘ir vaziyat yuzaga kelar edi.

Lionel Messi o‘z goli va golli pasi bilan jamoasini qiyin holatdan olib chiqdi.

Bu g‘alabadan keyin Skaloni jamoasi to‘plar nisbatiga ko‘ra Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi va 2-o‘ringa chiqib oldi.

Argentina — Meksika 2:0
Gollar:
Messi (64), Fernandes (87). 

Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63). 

Meksika – Ochoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Chaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).

Ogohlantirishlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu guruhda Polsha terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylanib olgandi.

So‘nggi turda Argentina Polsha bilan, Meksika esa Saudiya bilan to‘qnash keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring