Meksikada saylovlar arafasida o‘ldirib ketilgan nomzodlar soni 17 nafarga yetdi
19-aprel kuni Meksikada shahar hokimligiga ikki nomzod qotillik qurboni bo‘ldi, bu haqda xorij matbuot yozmoqda.
Associated Press yozishicha, Meksikada 2-iyundagi saylovlar arafasida o‘ldirib ketilgan nomzodlar soni 17 nafarga yetdi.
Nomzodlardan biri chegaradagi Tamaulipas shtatida o‘ldirilgan. Noe Ramos Ferretis Meksikani 2000-yilgacha boshqargan muxolifatdagi Milliy harakat partiyasi va Institutsion-inqilobiy partiya koalitsiyasidan nomzodini qo‘yib, Syudad-Mante shahri meri bo‘lish uchun kurashayotgandi.
Hokimlik uchun nomzodlarning ikkinchisining jasadi janubiy Oaxaka shtatida, bedarak yo‘qolgani e’lon qilinganining ertasi kuni topilgan. Alberto Garsia Oaxaka shtatining San-Xose-Independensiya shahri meri bo‘lishga nomzod edi.
Oaxaka prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Garsianing tanasi ushbu shahar yaqinidagi suv ombori orolida topilgan, tekshiruvlar u o‘lasi qilib do‘pposlanganini ko‘rsatmoqda. Ilgari bu hududda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi to‘dalar faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter