Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Nimchorak finalning eng yaxshi futbolchisi, ramziy terma jamoa va boshqalar

JCh-2018. Nimchorak finalning eng yaxshi futbolchisi, ramziy terma jamoa va boshqalar

Foto: «Mir24.tv»

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bosqichda murosasiz o‘yinlarni ham, o‘ziga xos sensatsiyalarni ham, penaltilar seriyalarini ham ko‘rdik. Keling, bir sarhisob qilaylik.

UMUMIY STATISTIKA

JCh-2018 nimchorak final bosqichida o‘tgan 8 ta uchrashuvda jamoalar jami 24 ta gol urdi. Shunda har bir o‘yinga 3 tadan gol to‘g‘ri keladi.

Ushbu bosqichida jami 31 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Shunda har bir o‘yinga 3,9 ta sariq kartochka to‘g‘ri keladi.

GURUH BOSQIChI: ENG, ENG, ENG...

Eng ko‘p tomoshabin

«Lujniki» stadioni

Ispaniya — Rossiya — 78011 tomoshabin.

Eng kam tomoshabin

«Nijniy Novgorod» stadioni

Xorvatiya — Daniya — 27015 tomoshabin.

Eng ko‘p gol urilgan o‘yin

Fransiya — Argentina — 7 ta.

Eng yaxshi himoya

Xorvatiya terma jamoasi.

Eng omadsiz futbolchi

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

Eng omadsiz jamoa

Argentina terma jamoasi.

Eng qo‘pol o‘yinlar

Fransiya — Argentina, 8 ta sariq kartochka.

Kolumbiya — Angliya, 8 ta sariq kartochka.

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoalar

Argentina — 5 ta.

Kolumbiya — 5 ta.


Mavzuga doir:

JCh-2018 guruh bosqichi. Ramziy terma jamoa, statistika va eng, eng, eng...


GOLURARLAR

6 ta

Harri Keyn (Angliya, 3)

4 ta

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 1);

Romelu Lukaku (Belgiya).

3 ta

Artem Dzyuba (Rossiya, 1)

Edinson Kavani (Urugvay)

Diyego Kosta (Ispaniya)

Kilian Mbappe (Fransiya)

Yerri Mina (Kolumbiya)

Denis Cherishev (Rossiya)

AVTOGOLURARLAR

Edson Alvares (Meksika)

Aziz Bexich (Avstraliya)

Aziz Buxadduz (Marokash)

Yann Zommer (Shveysariya)

Sergey Ignashevich (Rossiya)

Yassin Meriya (Tunis)

Ahmad Fatxi (Misr)

Tiagu Sionek (Polsha)

Denis Cherishev (Rossiya)

Ogenekaro Etebo (Nigeriya).

Nimchorak final bosqichining ramziy terma jamoasi («Xabar.uz» versiyasi)

Igor Akinfeyev (Rossiya) – Benjamen Pavar (Fransiya), Kayl Uoker (Angliya), Xose Mariya Ximenes (Urugvay), Sergey Ignashevich (Rossiya) – Kilian Mbappe (Fransiya), Ivan Rakitich (Xorvatiya), Neymar (Braziliya), Nosir Shodli (Belgiya) – Harri Keyn (Angliya, 2), Edinson Kavani (Urugvay).

Nimchorak final bosqichining eng yaxshi futbolchisi («Xabar.uz» versiyasi)

Nimchorak final bosqichining eng yaxshi futbolchisi Fransiya terma jamoasi a’zosi Kilian Mbappe deb topildi. Chunki u hal qiluvchi o‘yinda 2 ta gol urib, hisobda ortda qolayotgan jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.


Chorak final o‘yinlari 2018-yil 6-7-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Urugvay — Fransiya (6-iyul, soat 19:00), Braziliya — Belgiya (6-iyul, soat 23:00), Shvetsiya — Angliya (7-iyul, soat 19:00), Rossiya — Xorvatiya (7-iyul, soat 23:00) o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring