Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyani taslim etgan Marokash guruh yetakchisiga aylandi

Belgiyani taslim etgan Marokash guruh yetakchisiga aylandi

Foto: Championat.com

Qatardagi jahon chempionatining F guruhida 2-tur doirasida Belgiya va Marokash o‘zaro kuch sinashdi. «Al-Tumama» stadionida o‘tgan o‘yinda marokashliklar g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi 45+2-daqiqasida Marokash yarimhimoyachisi Hakim Ziyesh kiritgan gol bekor qilindi. Uchrashuv bosh hakami Sesar Arturo Ramos VAR ni ko‘rib shunday qaror chiqardi.

Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida Marokash nihoyat hisobni ochdi. Jarima to‘pini yarimhimoyachi Abdulhamid Sobiriy aniq amalga oshirdi. 90+2-daqiqada esa Zakariyo Abuhlal o‘yinga nuqta qo‘shdi.

QATAR-2022. F GURUHI. 2-TUR

Belgiya — Marokash — 0:2

Gollar: Abdulhamid Sobiriy (73),  Zakariyo Abuhlal (90+2).

G‘alabadan so‘ng Marokash F guruhi yetakchisiga aylandi (4 ochko), Belgiya ikkinchi o‘ringa tushdi (3).

1-dekabr kuni uchinchi tur doirasida marokashliklar kanadaliklarga qarshi to‘p surishadi, belgiyaliklar esa shu kuni xorvatlar sinovidan o‘tishadi: har ikki o‘yin soat 20:00 da boshlanadi.

Bugun esa ushbu guruhning yana bir o‘yinini ko‘ramiz: Kanada — Xorvatiyaga qarshi. O‘yin soat 21:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring