Prezident Zoyir Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi
Bugun, 22 sentyabr kuni Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Zoyir Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Zoyir Mirzayev 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter