YPX xodimlari maxsus qurilma yordamida jarimalarni to‘lamay yurgan haydovchilarni aniqlamoqda
Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan tezlikni oshirib harakatlanishni kamaytirish maqsadida onlayn ishlovchi «Avtokon rusumli tezlik o‘lchash moslamasi qo‘llanilmoqda. Ushbu videofiksatsiya qurilmasida avtomashina egasiga pochta orqali qoidabuzarlik haqidagi qaror yuboriladi.
Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Elbek Qobilovning aytishicha, O‘tgan yil davomida Farg‘ona viloyatida 47 ming 888ta ana shu turdagi qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, 21 ming 399 nafar haydovchi sodir etgan qoidabuzarligi uchun belgilangan jarimalarni to‘lagan. Undirilgan jarimalar esa 7 milliard 723 milion so‘mdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon ushbu ko‘rsatkichlar 13 mingtadan ortiqroqni tashkil etdi. Ammo hamma qoidabuzar haydovchilar ham jarimalarni o‘z vaqtida, ya’ni 60 kun ichida to‘layotgani yo‘q. Bu holatni bartaraf etish uchun esa yana bir «Avtokon» rusumli fotovideofiksatsiya uskunasi qo‘llanilmoqda. Ushbu qurilma yordamida o‘z vaqtida jarimalarni to‘lamay yurgan haydovchilar aniqlanib, ularning avtomashinasi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga asosan («Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi») YPX inspektorlari va Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilmoqda.
Sharifa Madrahimova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter