Yozuvchilar uyushmasi yangi binoga ko‘chmoqda
Shu kunlarda Yozuvchilar uyushmasi xodimlari, shuningdek, «Yoshlik», «Sharq yulduzi» jurnallari Adiblar xiyobonidagi Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilgan yangi binoga ko‘chib o‘tmoqda.
Aslida ko‘chish bahorga mo‘ljallangan edi, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘chirish ishlari boshlanib ketdi. Binoning birinchi qavatida joylashgan «Ijod» nomli kitob do‘koni hamda uyushmaning katta kutubxonasi ham yangi binoga o‘tkazilayapti.
Adiblar xiyobonida Yozuvchilar uyushmasi uchun ajratilgan yangi bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, unda xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bino tashqarisidagi muhit ham shunga mos: o‘zbek adabiyoti namoyandalarining haykallari, so‘lim bog‘ hamda anhor kishiga ijodiy kayfiyat baxsh etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter