Yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganishiga 100 mlrd so‘m ajratiladi
Prezident yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.
Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.
Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.
Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.
Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter